Sulaymon alayxissalomga boyo‘g‘lini ikki savoli

Assalomu alaykum! Bu maqolani yaqinda bir guruhda oqib qoldim bu hikoya haqida biror nima deya olasizmi? U shunday edi: BOYO‘G‘LINING IKKI SAVOLI Sulaymon alayhissalomning xotini tovus patidan ko‘shku ayvon qurib berishni so‘rabdi. Malikaning iltimosini rad qila olmagan payg‘ambar barcha qushlarning boshliqlarini bir erga to‘plab, maslahat qilibdi. Boyo‘g‘li majlisga kechikib kelibdi. Sababini so‘raganida u shunday javob qilibdi: - Ikki masalaning echimini topish bilan band edim, shunga kechikdim. - Qanday masalalar ekan ular? - Birinchisi: bu zamonda o‘lik ko‘pmi yoki tirik? - Seningcha qaysi biri ko‘p ekan? - O‘lik ko‘p, chunki tongda ibodatga turmay g‘aflat uyqusida yotganlar ham o‘liklar qatoriga kiradi. - Xo‘sh, ikkinchi masala nima ekan? - Dunyoda xotin ko‘pmi yoki erkak? - Qaysi biri ko‘p ekan? - Xotin ko‘p, chunki xotinining etovida yuradiganlar ham shu hisobga kiradi, - deb boyo‘g‘li. Bu gapni eshitgan payg‘ambar hech narsa demay, majlisni tarqatib yuboribdi. "Ko‘hna dunyo va rivoyatlari" kitobidan. Javobingiz uvhun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa hikoyalarni bilmaymiz. Sahih yoki to‘qimaligini ham. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 152 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar