Eri bor ayol bilan nikoh

Assalomu alaykum! 15 yil avval yoshi o‘zimdan katta bir ayolga ko‘nglim tushib uni nikohlab olganman. U ayolni eri bor, ammo oilasini tashlab qo‘ygan. Allohni tan olmaydigan, namoz-ro‘za umuman dindan xabari yo‘q alkash inson. Men u ayolni nikohimga olishdan avval so‘raganman, ularni er xotinlik aloqalari ancha yillar avval yo‘q bo‘lib ketgan. Uyiga, rozg‘origa qaramaydigan, oylab yo‘q bo‘lib ketadigan erkak edi. Xullas nomi bor o‘zi yo‘q edi. Uni uchratganimda hayotdan to‘ygan, charchagan, mehrga muhtoj tushkin holatda edi. Nikohimga olganimdan so‘ng u ancha o‘zgardi, hayotga qiziqishi ortdi. Hozrgacha birgamiz, o‘zimiz uchun uy olganman. U bilan birga har kuni yashamasam ham tez tez ko‘rishib turamiz, uni farzandlari ham meni tanishib, bilishadi, ammo eri bilmaydi. Men bilishni istagan narsa shuki men to‘ri ish qildimmi? Nikohim haqiqiymi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alkash bo‘lish bilan nikohi buziladi degan gap yo‘q. Eri bo‘laturib nikohingizga olishingiz joiz emas. Nikohlaringiz bog‘lanmagan va ishlar zino bo‘lgan. Nikohlansa eridan talog‘ini olib iddasi tugaganidan keyin siz bilan nikohlansin. Aks holda siz eri bor ayolga yaqinlashmang. Dinni tanitish xotin qilib olmasdan ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar