Azon duosi ikki xil ekan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar Ahmad Hodiy Maqsudiyning "Ibodati islomiya" kitoblarida azon duosi quyidagicha: "Allohumma robba hazihid-da’vatit tamma. Vassolatil-qoimati ati Muhammadanil-vasilata val fazila. Vad-darojatar-rofi’atal ’oliya. Vab’ashu maqomam-mahmudanil-laziy va’adtah. Varzuqna shafa’atahu yavmal-qiyamati innaka la tuxliful miy’ad". Ibrohim Nurillohning "Namoz o‘qishni o‘rganamiz" kitoblarida esa: "...tammati,...faziylata,...va’adattahu" kabi biroz farqlanadi. Qaysi biri to‘g‘riroq yoki aniqroq yoki mukammalroq. Javob uchun oldindan rahmat sizga!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَالَ حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلَاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ، حَلَّتْ لَهُ شَفَاعَتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim azonni eshitgandan keyin: «Allohumma, Robba hazihid da’vatit taammati vas-solatil qoimati ati Muhammadanil vasilata val fazilata vab’ashu maqomam mahmudan allaziy va’adtah» desa, qiyomat kuni unga shafoatim vojib bo‘lur», dedilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 196 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar