Gilamni poklash

Assalomu alaykum! Uztozlar, man yaqinda xonamdagi gilamni yuvgandim, chunki najosat tekkandi, uyda chaqaloq singlim borligi uchun, yana siydik tegdi, xozir kun sovuq, gilamni ko‘chaga olib chiqib yuvish, keyin quritish qiyin, shuning uchun, shyotkani parashok yoki gelli suvga botirib, gilamni xonada turgan joyida ishqalab chiqsam bo‘ladimi? Bunda gilam nam bo‘ladi, lekin yuvgandaka xo‘l bo‘lmaydi. Siydik tekgan joyda izi ham, hid ham qolmagan, lekin baribir, tozalamoqchiman. Ibn Taymiya rahimaxulloh aytgan gapga ko‘ra, agar najosat o‘zi qurib, izi qolmagan bo‘lsa, pok xisoblanadi, bu gapni hazratimiz rahimaxulloh xam tasdiqlaganlar. Mani xolatimdayam gilam pok bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pok bo‘lmaydi. O‘sha joyda joynamozsiz namoz o‘qiy olmaysiz. Ustiga joynamoz solib o‘qisangiz joiz. Hazratimiz gilam haqida siz aytgan gapni aytmaganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar