Qay biri ma’qul

Assalomu alaykum! Men shaharda o‘qiyman va haftada bir ikki kun qishlog‘imga kelaman. Alhamdulilloh namozlarda bardavomman, ammo hali tajvid ilmini o‘rganmadim, tez orada o‘rganaman inshaAlloh. Hafta davomida shahardalik paytimda shaharning markaziy masjidida imkon qadar 5 vaqt namozni jamoat bilan ado qilishga harakat qilaman. O‘zim yolg‘iz o‘qiganda esa jamoatdagi imomning qiroatidan o‘rganganlarim va boshqa ilmli qorilarning qiroatlariga monand tarzda (qo‘ldan kelgancha) qiroat qilishga harakat qilaman. Ammo qishlog‘imizdagi masjidda faqat bamdod va xufton namozlari o‘qiladi. Mas’ul imomning uyi uzoqligi sababli hamisha kela olmaydi. U yo‘q paytlarda esa ilmli odamlar bo‘lsa ham hech qaerda o‘qimagan, tajvid ilmidan behabar bir yoshi katta mulla imomlik qiladi. Lekin jamoatda 3 oy bo‘lsa ham madrasada tajviddan dars olgan odamlar bor. Mas’ul imom ularga ruhsat bermaydi va o‘sha mulla o‘qiydi deb tayinlab ketadi. Ammo u yoshi katta inson qiroatda va namozda anchagina qo‘pol qiroat qiladi, ya’ni shahardagi ilmli imomlarning qiroatidan umuman boshqacha. Men ham o‘qimaganman lekin u inson to‘g‘ri o‘qimayotgani shundoq bilinib turadi. Shu holatda men unga iqtido qilishim joizmi? Qishloqqa kelganimda masjidning hurmati uchun boraman, ammo namozdan ko‘nglim to‘lmaydi, ba’zida bormayman. 3 oylik kurslarda tajvid o‘rganganlar va men o‘qimagan imomga iqtido qilishimiz mumkinmi? Iltimos to‘liqroq javob bersanggizlar. Mas’ul imom yo‘q paytda o‘sha yoshi katta imomga iqtido qilishdan boshqa choramiz yo‘q, imomlikning shartlarini to‘liq o‘rganganmiz ammo fitna chiqarish niyatimiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iqtido qilsangiz agar xato namoz buziladigan darajada bo‘lsa qayta o‘qib olasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar