Jin tekkanmi
Assalomu alaykum! Yoshim 22 da, turmushga chiqmaganman. Men uxlagani yotgan paytimda o‘ngimdagidek bo‘lgani singari qandaydir qora kiyimli mavjudotlarni ko‘rar edim va ular menga erkak ovozida gapiradi, oyoq qo‘llarimni qimirlata olmay qolaman. Ro‘za ayyomi keldi bunday voqea takrorlanmas degan umidda edim. Lekin bugun yana shunday holat yuz berdi. Ro‘zador va tahoratli holda, yotishdan oldin fotiha, oyatal kursi va nas va falaq suralarini o‘qib yotsamda takrorlandi. Menga jin tekkan bo‘lishi mukinmi? Nima qilishni maslahat bergan bo‘lar edingiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga hech narsa qilmagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunlik sunnatlari, tonggi-tungi zikrlarni o‘rganib ularga mahkam amal qiling. U zotning sunnatlariga mustahkam bo‘lgan insonda qo‘rg‘on hosil bo‘lib, jinu shaytonlar zarar bera olmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar