Qur’on yod olib keyin unutish

Assalomu alaykum. Kimki Qur’on yod olsa va vaqtlar o‘tib o‘qimay qo‘yib unutsa. U inson esdan chiqarib yuborgani uchun gunohkor bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh bo‘ladi. Doimiy takror qilib turishi kerak. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: عُرِضَتْ عَلَيَّ ذُنُوبُ أُمَّتِي، فَلَمْ أَرَ ذَنْبًا أَعْظَمَ مِنْ سُورَةٍ مِنَ الْقُرْآنِ أَوْ آيَةٍ أُوتِيهَا رَجُلٌ ثُمَّ نَسِيَهَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ. وَاللهُ أَعْلَمُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Bir odamga Qur’ondan bir sura yoki oyat berilib, uni unutib qo‘yganidan ko‘ra katta gunohni ko‘rmadim», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Alloh bilguvchiroqdir.
Sharh: Qur’oni Karimning biror surasi yoki oyatini yoddan chiqarishning gunohi shunchalar qattiq ekan. Shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Hadisi shariflarda Qur’oni Karimni yoddan chiqarishning bunchalar qattiq olinishi ham o‘ziga yarasha hikmat va sabablarga ega. Agar shu darajada qattiq turilmasa, odamlar bu masalada sustkash bo‘lib qolishlari mumkin. Bu esa Alloh taoloning kalomiga e’tiborsizlik bo‘ladi. Bundan boshqa narsalarga ham e’tiborsiz bo‘lish kelib chiqadi.
Aksincha, Qur’oni Karimni doimiy ravishda yoddan chiqarmaslikka odatlangan kishi boshqa narsalarni ham yoddan chiqarmaslikka odatlanadi. Bu esa juda muhimdir.
Alloh taolo yodlagan Qur’oni Karimimizning doimo esimizda turishini nasib qilsin! ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar