Do‘zaxning yaratilishi

Assalomu alaykum! Hammaga ma’lumki bu dunyo qilgan savob va gunoximizga yarasha javob beramiz. Do‘zax qachon paydo bo‘lgan? Buni so‘rashkanda o‘zimni fikrmni aytgan edim, (shayton kibrlanib Odam atoga bo‘yin egmaganida va jannatdan Odam ato va Momo xavo erga tushishkanidan keyin do‘zax yaratilgan, unda oldin extiyoj bo‘lmagan) ko‘nglim notinch negadir. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni karimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida “Jannat va do‘zax haq va hozirda ular mavjud” deb turgan bo‘lsa. Ularni yaratilgan yilining nima qizig‘i bo‘lishi mumkin. Shayton insonni umrini zoe qilish uchun mayda narsalarga mashg‘ul qilib qo‘yadi. Gohida bizga berilayotgan savollarni o‘qib befoyda ish bilan mashg‘ul bo‘lmayapmizmikin deb qolamiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 160 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar