Oiladagi sirli ishlar
Assalomu alaykum! Savolim to‘g‘ri yoki noto‘g‘i bo‘lsa uzur so‘rayman o‘zimdan emas hayotdan kelib chiqgan xolda savolimni yo‘llayman. Er va xotin jinsiy moyillik qilganda o‘zlarini suratga yoki videoga olib telfonida saqlasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu ishni qilganlar butun qilgan ishlari telefonlarda aylanib yuribdi. Bu kabi ishlarni o‘zgalarga bildirishdan shariatimiz qattiq qaytaradi. "Baxtiyor oila" kitobida quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِنَّ أَشَرَّ النَّاسِ عِنْدَ اللهِ مَنْزِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ الرَّجُلُ يُفْضِي إِلَى امْرَأَتِهِ وَتُفْضِي إِلَيْهِ ثُمَّ يَنْشُرُ سِرَّهَا رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Er xotinning orasidagi shariat ishi (mubosharat) faqat ikkisining siri bo‘lib qolishi kerak. Er ham, xotin ham jinsiy aloqa paytida bo‘ladigan narsalarni boshqalarga aytmasligi lozim. Mazkur sirni boshqalarga aytib yurish beodoblik, sharmu xayosizlik va gunoh ish hisoblanadi, jamiyatda fohisha gap-so‘z va ishlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham quyida o‘rganiladigan rivoyatimizda bu ishni qiladigan kishi shaytonga o‘xshatilmoqda. وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ إِنَّمَا مَثَلُ ذَلِكَ مَثَلُ شَيْطَانَةٍ لَقِيَتْ شَيْطَانًا فِي السِّكَّةِ فَقَضَى مِنْهَا حَاجَتَهُ وَالنَّاسُ يَنْظُرُونَ إِلَيْه «Sunan» egalarining rivoyatida:
«Uning misoli urg‘ochi shayton ko‘chada erkak shaytonga duch kelib, odamlar qarab turganda undan (urg‘ochi shaytondan) hojatini qondirib olganga o‘xshaydi», – deyilgan.
Er xotinlarning o‘zlari oralaridagi jinsiy hayot haqida boshqalarga so‘zlab yurishlari ana shunday sharmandali ish hisoblanadi. Shuning uchun mo‘min musulmon erkagu ayol o‘zaro jinsiy sirlarini hech kimga aytmasliklari kerak. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush