Bola asragan ma’qulmi?
Assalomu alaykum! Bizga bir masalada diniy maslahatingiz zarur. Turmush o‘rtog‘im bilan uch nafar farzandimiz bor, Alhamdulillah. Yaqinda yana farzand ko‘rishni niyat qildik. Lekin oxirgi homilam og‘irroq kechganini hisobga olib, shuningdek etim bola asrab, katta qilishning ajri ko‘pligini bilganimiz uchun o‘ylanib qoldik. Dunyoga kelishiga o‘zimiz sabab bo‘lgan bolani katta qilganimiz yaxshimi yoki yaxshi niyat bilan bolalar uyidan farzand olib katta qilsak afzalroqmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 10ta etim olib tarbiyalaganingizda ham pushtingizdan bo‘lib tug‘ilgan bitta bolaning ajr savobiga etolmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush