Namozda tahorat gumoni xayolga kelishi
Assalomu alaykum! Oxirgi paytlar namoz o‘qiyotganimda taxoratim sinmadimikan degan savollar paydo bo‘lib qovotti. Shu savollar ko‘payib ketmoqda. Iloji boricha taxoratni qayta yangilab olmoqdaman. Namoz o‘qiyotganimda shunday xayollar kelib qolsa namozni to‘xtatib taxoratni yangilashim kerakmi yoki e’tibor bermasdan namozda davom etaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat va namozda shaklanish vasvasasi. Juda ko‘pchilik shu vasvasa tufayli qiynaladilar. Ba’zilar tahoratim ketib qoldimi yoki yo‘qmi desa, ba’zilari yuviladigan a’zolarga suv etdimi yoki yo‘qmi o‘ylanib qoladilar. Ba’zilar imom namozni birinchi rak’atini tugatishga kelganida endi tahrimaga quloq qoqayotgan bo‘ladi.
Ashraf Ali Tahonaviy hikoyasi: Bir kishi mendan vasvasaga duchor bo‘lgan kishi haqida so‘rab: “U uch bor suvga sho‘ng‘isa ham g‘uslim to‘liq bo‘ldimakan deb o‘ylanib qoladi?” dedi. Men unday kishidan namoz soqit bo‘ladi dedim. Chunki unday odamning aqli joyida emas. Aqli joyida bo‘lmagan kishilarga namoz farz bo‘lmaydi” dedim.
Bunday kishilar haqida Rasululloh solallohu alayhi vasallam ko‘rsatmalar berganlar. عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ عَنْ عَمِّهِ أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلُ الَّذِي يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَجِدُ الشَّيْءَ فِي الصَّلَاةِ ، فَقَالَ : لَا يَنْصَرِفْ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا ، وروى مسلم Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi.
“Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”.
Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:12 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat