Noshar’iy biznes bilan shug‘ullanuvchilar
Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu Ustoz!Siz tufayli ancha xatoliklardan xolos bo‘lmoqdamiz, ko‘pgina xato, gunoh ishlarning oldini olinayapti. Bu uchun Allohga behad shukronalar bo‘lsin va Sizga o‘xshagan olimlarnining umrini uzoq qilsin. Barcha musulmonlar baxtiga sog‘-omon bo‘lib yuring. Sizdan juda ham minnatdormiz. Ustoz bir savol bilan murojaat qilishga ijozat bersangiz. Noshar’iy biznes bilan shug‘ullanadigan odamlar agar Alloh hidoyat berib bu biznesinidan qutulmoqchi bo‘lsa birinchi navbatda qanday yo‘l tutmog‘i kerak? Ya’ni bu biznesdan (aroq sotadiganlar misolida) birdaniga qutulish kerakmi yoki bosqichma-bosqichmi?Va shunga o‘xshagan biznes bilan shug‘ullanadigan odamlarni hidoyatga chorlashda ishni nimadan boshlash kerak bo‘ladi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harom narsaning o‘zidan birdagina ayrilish kerak. Uning oqibatlarini keyin yo‘qotiladi. Bunday ishlar bilan mashg‘ul kishilarga asosan tushuntirish ishlari bilan yordam berish kerak.
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar