Aqiydasini so‘rash odobsizlikmasmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh ilmlaringgizni ziyoda qilsin. Men ba’zi diniy mavzuda yuritadigan bloggerlar to‘g‘risida savol bermoqchi edim. Hozirgi kunda ba’zi blogerlarning joylayotgan materiallaridan, materiali ostidagi tub g‘oyasi go‘yoki bemazhablikka chaqirayotgandek tuyiladi?. U bloggerlar obunachi soni 20.000 dan ortiq. Bunday blogerlar o‘zim bilganim 5-6 kishi. Ba’zi qo‘ygan videolarida ham Samarqandiyning darsliklarini qo‘ygan. Ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari u isnon bemazhablikka chaqirgani uchun eshitmasligimizni aytgan edilar. Adashmasam shu saytda bor o‘sha javob. Bir marta bir blogerdan mazhabi to‘g‘risida so‘rashganda ibn Taymiyaning so‘zlarini keltirib o‘tgan: "Mening mazhabim sahobalarning mazhabidir" mazmunidagi. Hozir Youtube da ko‘p darsliklar ko‘rib, Ahli sunna imomlarini, Motirudiya Ashariya e’tiqod, aqiydalarini biroz bo‘lsa ham o‘rgandim Allohga hamd bo‘lsin. Darsliklarda soxta salaflar, vahobiylar, ularning kelib chiqish tarixini ham biroz bo‘lsa o‘rgandim. Ular Muhammad ibn Abdulvahab yoki ibn Taymiyani o‘zlariga ustoz bilishar ekan. U kishi (ibn Abdulvahab) esa Buyuk Biritaniya razvedka odami bo‘lgani, asli Vahobiy tushuncha Saudiya Arabistonidan kelganini, Saud qavmidan chiqqanligini, bildim (agar bu bilganlarim to‘g‘ri bo‘lsa insha Allah). Men ibn Taymiyaning aqiyda tomondan adashganini eshitgandim. Ya’ni Allohni kechaning 3 dan birida tushadi deganda, Odamlar qanday tushadi deb so‘rashsa Hutba o‘qiyotgan joyidan paska tushib kelib mana shunday deb ko‘rsatgan ekan. Oyatdagi "istava" so‘zida ham arshda o‘tiradi mazmunida aytgan ekan astag‘firallah. Ustozlar savolim cho‘zildi uzr so‘rayman. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim:Agar ibn Taymiya (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) aqiydada adashgan bo‘lsa uning so‘zlarini keltirib o‘tish joyizmi? Birovdan shu(Allohning tushishi, arshi, qo‘li yuzi, ko‘zlari, boldiri) aqiydaviy masalalarda "Bunga qanday qaraysiz" mazmunida so‘rash mumkinmi?Agar u (blogger) aqiydaviy masalada adashgan bo‘lsa uni kuzatib borish, tinglash, o‘qish joizmi? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Naql qilishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar