Yana taloq haqida
Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin Sizlardan barcha savollarga batafsil javob olib diniy bilimlarimni boyitib bormoqdaman.
Avvalo uzr yana shaxsiy savol: Savolim quyidagidan iborat: Chamasi 2 yil oldin bir hamkasbimiz (eridan ajrashgan, ota-onasi bilan yashaydi, 10 yoshli o‘g‘li bor) aldanib qolib, katta pulga tushib qoldi va mendan 2 oy ichida qaytarish sharti bilan qarz so‘radi. Mashinamni sotsam qaytarib beraman dedi. Men unga yordamim tegsin, qarzingni yopgin deb pul berdim, ammo oradan ancha vaqt o‘tsa hamki mashina sotilmadi va pulimni ololmadim. Shunda u ayoldan menga ikkinchi xotin bo‘lib turmushga chiqishini so‘radim va u esa mahr evaziga qarzning yarmidan kechishimni so‘radi. Men rozi bo‘ldim va nikoh o‘qitdik, 1 hafta -10 kunlarda ko‘rishib turishga ham kelishib oldik. Hammasi risoladagidek edi. Ijaraga olingan kvartiramizda ko‘rishib turdik. Bayramlar, tug‘ilgan kunlarda hatto ota-onasiga sovg‘alar yuborib turdim, onam sizni duo qildilar deb aytardi. Ammo bu uchrashuvlar 10-15 kunga, keyin esa 1-2 oyga o‘tib keta boshladi, har doim bahonasi ko‘payib ketdi, albatta bu meni asabimga tegardi, yaqinda qarzning qolgan qismini menga to‘liq qaytarib berib, “endi oramiz ochiq talog‘imni bering, Sizni sevmayman, ko‘nglim boshqa odamda” dedi. Shok bo‘lib qoldim. Onasi ham bilib qoldi “siz nega mani ruxsatimsiz nikohlab olgansiz” dedi. Shu vaj yuzasidan meni ota-onamlarga uchrashishdi, ular esa janjalga tobimiz yo‘q, talog‘ini berib yubor deb aytishdi. Nahotki 2 yildan beri xotinim bo‘lib yurgan ayol birdan aynab qoldi? Erdan chiqqan ayolni nikohlab olish uchun kimning roziligi kerak bo‘ladi? Dadamlar bilmasinla bo‘lmasa meni so‘yadilar deydi, onasi ham men bildim, dadasi bilmasinla deydi. Dadanglar bilishlarini istamasang, menga itoat qilib avvalgidek yuraylik deb, aytmoqdaman, shu to‘g‘ri bo‘ladimi? Qanday yo‘l tutishga hayronman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu borada tajribamiz yo‘q. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush