Hasad emasmi?

Shayh hazratlari kelayotgan Iydul-Fitr muborak bo‘lsin.Sizga bir necha kunlardan beri meni qiynayotgan va xotiramdan ketmayotgan bir savolni bermoqchiman.Biz,alhamdulillah Allohni bergan rizqi va ne’matlari sabab nolimaydigan darajada yashaymiz.Boshimizdan qiyinchilik,kamchilik kunlar ham o‘tgan.Katalakdek xonada yashagan kunlarimiz ham bo‘ldi.Allohni marhamati,rizqi hozirgi kunda shinam uy-joyda,eb-ichishdan kam bo‘lmay,boriga shukr qilib yashaymiz.Lekin,erimni qarindoshi (ukalari) hayotimizga kirib kelishdiyu,negadir oilamizga sovuqchilik tushgandey bo‘ldi.Men asta-sekin ularni menga bo‘lgan munosabatidan,sen akam sabab yaxshi yashayapsan,onam,opa-singillarim esa sendek yashamayapti deganday holatni his qildim.Bu orada ho‘jayinimni ham munosabatlari o‘zgargaday bo‘ldi.Ilgari ko‘ngillaridagi fikrlarini men bilan baham ko‘radigan inson,menga hech nima gapirmay qo‘ydilar.Hullas nazarimda oramizdagi samimiylik yo‘qolganday bo‘ldi.Men o‘zimni begonaday his qila boshladim.Axiri bir kun,qaynisinglimga oid bir mojaroni ustida 1 qaynim,siz yaxshi yashaysiz,opalarim sizdek yashamaydi deb qoldilar.Men shundan keyin hamma gap nimada ekanlgini yanayam tushundim.Ho‘jayinim ham umumiy olganda yaxshi munosabatda bo‘lsalar ham,lekin nazarimda zimdan mendan narsa qizg‘anadigan bo‘lib qolganday bo‘ldilar.Qalbimni Alloh biladi,men hech qachon uydagialriga moddiy yordam berishlaridan besabab to‘smaganman.Qaytanga,pul bermayman,hozir pulim yo‘q degan paytlari,qo‘ying ular yaqinlaringiz,siz bermasangiz kim beradi,qarz-havola qilib ham bering deb aytganman.Qaynilarim sabab,men "begonaday" bo‘lib qoldim.Bu esa meni juda siqdi.Oradan vaqt o‘tib,mana nihoyat bir kuni ho‘jayinim ham "Sen yaxshi yashayapsan,onam sendek yashamayapti" deya malomat qildilar.Men qo‘rqqan narsa sodir bo‘lgan edi,ho‘jayinim ham va nihoyat ukalaridek fikrlay boshlagan edilar.Axir bu hasad emasmi deya tushuntirdim.O‘sha kundan beri,qulog‘im ostida "o‘sha gap"jaranglayveradi.Eslagan sarim hafa bo‘lib ketaman.Uydagilariga hozir ham yordam berib turishibdi,shukr.Lekin opa-singillari(turmushga chiqishgan ),onalari mendek yashamasa,ayb menda emasku.Menga qilsalar ham erlik burchlarini qilyaptilarku.Har kimni Alloh bergan rizqi,ne’mati bo‘ladi.Birovga kam,birovga ko‘p.Birov shu rizqni avaylab-asrab,barakali eydi,birov "eplab" eyolmaydi.Shunday bo‘lsa mendan emasku ; ularni hayotlariga aralashib,ular uchun "to‘kin hayot"ni qurib bera olmaymanku.Balki ularni nazdidagi"mendek yashamayotgan"ligiga o‘zlari sababchidir."Men" hamki,juda unaqa boy yashamayman,shunchaki shinam uyda,eb-icharim joyida yashayman.Uyda o‘tiramanku deb,xotinlardek kiyim-kechak,tilla-zar oldiravermayman,ho‘jayinim bilan umumiy munosabatimiz yaxshi.Shunchaki yaxshi yashash uchun intilib,pul topmasamda,ho‘jayinimga qo‘l mehnatim yoki daldam bilan yordam bergim keladi.To‘g‘ri,men ham mukammal inson emasman,kamchiliklarim bor yashirmayman.Lekin qalbimda birortalariga nisbatan bu shundayku,nega men bunday deb o‘ylashdan qochaman.Odamni,odam buzarkan.Oldin qaynilarimga nisbatan qalbimda zarracha "g‘ashlik" bo‘lmagan.Lekin hozir esa,uzoqroq bo‘lishga harakat qilaman.Har kun Allohdan insonlarga nisbatan qalbimda "yomon his" qoldirmagin deya quo qilsamda,bu hisdan qutula olmayman.Bu ko‘nglimni judayam ezadi.Hazrat,iltimos duo qiling,qalbimda gina-qudurat qolmasin.Va men yuqorida qaynilarim va ho‘jayinimni munosabatlarini hasad deya nomlashim to‘g‘rimi? Ularga nisbatan noto‘g‘ri fikr chiqarmadimmi? Agar,hasad bo‘lgan taqdirda ham,Allohga duo qilaman,o‘zi insof bersin deya.Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizga qalb kengligi, eringizga farosat, qarindoshlariga insof ato qilsin.

3 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar