Aqiydadagi nuqson
Assalomu alaykum! Vaqt o‘tishi bilan turli xalq va toifalarning Islomni qabul qilishlari ularning aqiyda va fikrlari islomiy fikr va aqiydalarga aralashib ketishiga sabab bo‘ldi. Zero, ota-bobolari bid’at-xurofotda o‘tgan bu xalqlar, elatlar Alloh taologa va Muhammad alayhissalomga iymon keltirsalar ham, ajdodlarining bir qarashda to‘g‘ri ko‘ringan ba’zi xurofiy fikrlaridan butunlay voz kecha olmagan edilar. Shu bilan birga, nomusulmonlar tomonidan Islom aqiydalariga qarshi fikriy hujum va tanqidlar ham avj ola boshladi. Ana o‘sha hamlalardan Islom aqiydasini himoya qilish uchun ilmi kalom sohiblari g‘ayrimusulmonlar bilan tortishuvlarni boshladilar. Bu ishda Ahli sunna val jamoa ulamolari ham, mo‘’tazilalar ham va boshqalar ham ishtirok etdilar. Bizni yurt ham uzoq vaqt dahriylik hukmronligida bo‘ldi. Demak bizning xalqda ham Alloh taologa va Muhammad alayhissalomga iymon keltirsalar ham, ajdodlarining bir qarashda to‘g‘ri ko‘ringan ba’zi xurofiy fikrlaridan butunlay voz kecha ololmaydiganlarning bo‘lishi tabiiy xolat. Dinini g‘amini egan mo‘min bu vaziyatda ularga dinni etkazish pozitsiyasida bo‘lishi, ularning bu ahvollariga achinishi, xatolarini kechirishi, xatolariga uzr topib berishi kerak emasmi? Lekin bugun aksar musulmonlar ularni ayblash, haqoratlashga o‘tib olishgan. Shu sababga ko‘ra dindorlar va oddiy xalq o‘rtasida ko‘p kelishmovchiliklar va nizolar kelib chiqmoda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri fikrni bildiribsiz, ahli ilmlar tarbiyachi, xalq esa tarbiyalanuvchilar hisoblanishadi. Tarbiyachilar ko‘p narsalarga sabr qilishlari, hikmat bilan ish tutishlariga to‘g‘ri keladi. Ularning tarbiyani tark qilishlariga aslo haqlari yo‘q. Ammo isloh ikki tomondan bo‘ladigan harakatga bog‘liq. Ahli ilmlar ular tomoniga go‘zal muomala bilan qadam tashlasayu, ular buni ularga qilingan mehribonlik deb bilishsa yaxshi. Aksincha Abu Lahab va uning xotinining Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga qilgan muomalasidek muomalani qilsa insofdan bo‘lmay qoladi. Chunki har bir narsada chegara bo‘lganidek, yonbosish ham farz-vojib, iymon-kufr hududiga o‘tmasligi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda