Valiylarning nazari

Assalomu alaykum! Nazar nima? Ya’ni olim ulamolarning valiylarning nazariga tushgan insonlar olim bo‘lishi oson bo‘ladimi? Bunga misol tariqasida menga Mashrab Nomongoniyni keltirishdi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olimlar o‘zgalardan ko‘ra ko‘proq Allohni taniydilar. Allohning nazdida ularning qadrlari ulug‘. Alloh taolo “Faatir” surasida: إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ۝ 28...Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar. Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir” deb marhamat qilgan. Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh “Agar olimlar Alloh taoloning valiy bandalari bo‘lmasalar Allohning birorta ham valiysi bo‘lmaydi” deganlar. Ya’ni olim zotlar Allohning valiy bandalaridirlar. Ular Allohning amrlarini boshlari ustiga qo‘yganlari uchun ham Alloh ularning so‘raganlarini bermaslikdan hayo qiladi. Alloh ularning qalblariga, nazarlariga, so‘zlariga va tillariga bir nurni ato qiladi. Ularga yaqin bo‘lganlar ham o‘sha nurdan nasibador bo‘ladilar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 166 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar