Kiyimni uydan boshqa joylarda echish

Assalomu alaykum! Bir qarindoshimizning o‘g‘illari qaysidir saytda ayollar kiyimlarini uydan boshqa xech qaerda alishtirishlari mumkin emas ekan bir domla aytdilar deb onasiga qattiq tayinlabdi. Biz bir yig‘inda o‘tirgan edik. Shu gapni aytganlaridan keyin tortishib ketdik. Bu to‘g‘ri kelmasa kerak, bu imkonsiz deb. Umumun olganda masalan ayollar dam olishga borganda yoki to‘y xashamda kiyimlarini boshqaga alishtirishadi. Ana qo‘ying bozorga kiyim olishga borganda xam ko‘ylakni kiyib ko‘rishga to‘g‘ri keladiku? Dinimizda bu haqida nima deyilgan? Men uzi aslida xar bir eshitgan gapimga ishonib ketavermayman ishonchli manbalardan bilishga xarakat qilaman va sizlardagi javoblar meni qoniktiradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu o‘rinda yalang‘och bo‘lish ma’nosida zikr qilingan. Ya’ni begona erkaklar nazari tushishi yoki fitna kelib chiqishi ehtimoli bo‘lsa, mutlaqo joiz emas. Bundan aminda bo‘lsa, zarari yo‘q. عن عائشة رضي الله عنها أَنَّ نِسْوَةً مِنْ أَهَلْ حِمْصَ اسْتَأْذَنَّ عَلَيها ، فَقَالَتْ : لَعَلَّكُنَّ مِنْ اللَّوَاتِي يَدْخُلْنَ الْحَمَّامَاتِ ؟! سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ  أَيُّمَا امْرَأَةٍ وَضَعَتْ ثِيَابَهَا فِي غَيْرِ بَيْتِ زَوْجِهَا فَقَدْ هَتَكَتْ سِتْرَ مَا بَيْنَهَا وَبَيْنَ اللَّهِ وأبو داود والتِّرمِذي Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
Hims ahlidan bo‘lgan ayollar uning(Oishaning) huzuriga kirishga izn so‘radilar. Shunda u(Oisha):« Ehtimol sizlar hammomlarga kiruvchi ayollardandirsizlar? Men Rosululloh sollallohu alayhi vassalamning:
«Qaysi bir ayol libosini erining uyidan boshqa erda echsa, batahqiq o‘zi bilan Alloh orasidagi satr(parda)ni yirtgan bo‘ladi», deganlarini eshitdim», dedi.
Ahmad, Abu Dovud, Termiziy. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 154 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar