Soliqqa tortish uchun baxolash
Assalomu alaykum! Men baholash tashkilotida ishlayman. Hozirda biz yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni baholamoqdamiz. Baholashdan maqsad - biz baholagan summadan davlatga soliq to‘lanadi. Baholayotganimizda ekspert sifatida biz binoga eskirish (iznos) qo‘yamiz. Bu eskirish 5 yoki 10 foizga farq qilishi mumkin. Bu xato emas. Agar biz 5% eskirishni ko‘proq qo‘ysak ko‘chmas mulkni egasi qanchadir miqdorda kamroq soliq to‘laydi. Yoki aksincha agar 5% kamroq eskirish qo‘ysak davlatga ko‘prok soliqdan tushum tushadi. Masalan, 15% emas 20%, yoki 40% emas 35%. Soliqdan tushadigan tushumlar byudjetga tushishini va bu xalqni puli ekanligini hisobga olsak, eskirish hisoblayotganda odam biroz cho‘chiyapti. Bunday holatlarda qanday yo‘l tutgan afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz masalaga adolat bilan qarang. Kamaytirmang ham, ko‘paytirmang ham. Bordiyu, qasdan qilmasdan xato qilsangiz, gunoh bo‘lmaydi. Keyinroq gunohligini bilib qolinsa, to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat