Qur’onni qo‘yib bee’tibor bo‘lib yurish

Assalomu alaykum! Men talabaman va hozirgi kunda ijarada yashayman. Men birga yashaydigan qiz xonaga Qur’onni audio variyantini past tushinishga ham qiyin bo‘lgan ovozda qo‘yib qo‘yib, o‘zi ko‘chaga chiqib ketadi, uydaligida Qur’on yangrayotganida telefonda gaplashadi, musiqa tinglaydi, biz bilan gaplashib o‘tiradi. Men bunday qilishingiz to‘g‘rimi, suralarni o‘zingiz eshitmasangiz, behurmatlik bo‘lmayabdimi, suralar orasida sajda qilinishi kerak bo‘lgan joylar bo‘lishi mumkin desam, qaysi uyda 1 kunda Qur’on bir marta aytilsa, xatm qilganlik savobi beriladi dedi. Shuning uchun men sizlardan so‘rashga qaror qildim, chunki biz ham Qur’on yangrab turgan bir vaqtda telefonda gaplashishga, dars tayyorlash sheriklarimiz bilan gaplashish va shunga o‘xshash ishlar qilishga majbur bo‘lamiz. Biz bunday qilib Qur’onni behurmat qilib qo‘ymayabmizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha qiz noto‘g‘ri aytibdi. Qo‘yib qo‘yish emas, eshitish muhim. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar