Uzrli holatda salovat aytish

Assalomu alaykum! Man xar doim salovat, duolar, suralarni o‘qib aytib yuraman. Asosan "Solatan Nariya" salovatini
4 marta. Ba’zan 3 kunda ba’zan 10 kunda tugataman. Shunday xolatlar bo‘ladiki orada uzrli bo‘lib qolaman. Shunaqa xolatlarda uni to‘xtatib turishimga to‘g‘ri keladi, lekin onam salovat o‘qib yursa bo‘laveradi dedilar. O‘zimni ko‘nglim negadir g‘ash bo‘laverdi. Bunda xuddiki taxoratsiz o‘qisam duolarim qabul bo‘lmaydigandek. Uzrli xolatda salovat, duolar va suralarni o‘qib, aytib yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi, faqat Qur’on oyatlarini tilovat qilmang. Bunday uzrli holatlarda namoz, sajda, ro‘za, tilovat, umra va haj qilinmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 256 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar