Arazlash va gina saqlash

Assalomu alaykum! Agar ikki musulmon odam(farqi yo‘q qarindoshmi, do‘stmi umuman ikki bir biriga tanish musulmon) arazlashsa buning Alloh oldida oqibati endi qanday bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday o‘rinda hatto yolg‘on gapirishga ham shariatda ruxsat berilgan. عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِرَجُلٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلَاثِ لَيَالٍ، يَلْتَقِيَانِ فَيُعْرِضُ هَذَا وَيُعْرِضُ هَذَا، وَخَيْرُهُمَا الَّذِي يَبْدَأُ بِالسَّلَامِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«
(Musulmon) kishiga o‘z birodaridan uch kechadan ortiq arazlash halol emas. Uchrashib qolsalar, bu ham yuz o‘girib ketadi, u ham yuz o‘girib ketadi. Ikkovining yaxshirog‘i salomni boshlaganidir», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Islomda birov bilan so‘kishish, urishish, janjal qilish gunoh hisoblanadi. Bandachilik qilib, urishib, janjallashib, gunohkor bo‘lib yurganlarning bir-birlariga nisbatan adovat saqlab, arazlashib yurishlari gunoh ustiga gunohdir. Jahldan tushib, o‘zlariga kelishlari uchun urishgan taraflarga uch kun muhlat berilgan. O‘sha muhlatdan keyin ham arazlashib, bir-birini ko‘rganda yuz o‘girib ketish haromdir. O‘rtada yuzaga kelgan noqulay holatdan chiqishni o‘z bo‘yniga olib, qarshi tomonga birinchi salom bergan odam yaxshi odam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 272 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar