G‘urur
Assalomu alaykum! Biz namoz vaqtlarini bildiruvchi bir dastur yaratayotgan edik. Alhamdulillah dastur hali yakunlanib ulgurmasidan qisqa vaqtda anchagina ommalashib ulgurdi. Shu ishni boshlashdan avval, niyatim xolis edi. Hozir borgan sari niyatim o‘zgarib obro‘ sharaf uchun, o‘zimdan o‘zim hursand bo‘lish uchun qilayotgandek tuyulaman. Va shu dastur hayolimni juda ham chalg‘itib yuboradi. Huddiki, dunyodagi eng yaxshi ishni qilyabman. Amalim habata bo‘lib, ketayotgandek tuyuladi. Yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz amalingizni xolis Alloh roziligi uchun qiling. Qalbni alohida tarbiyasi bilan mashg‘ul qiling. Musulmon kishi yaxshi ish qilsa xursand bo‘ladida. Chunki har bir yaxshilik jannatga ulangan. U amal qilingan insonning qalbiga bir xursandchilik etadi. Gunohlar esa do‘zaxga ulangan, shuning uchun gunoh qilgan inson qalbida g‘ashlik, kirlik paydo bo‘ladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar