Kechikkan aqiqa haqida
Assalomu alaykum! Allohga shukur ikki o‘g‘lim bor, kattasi 2,5 yosh kichigi bir oylik. Aqiqa xaqida avval eshitmaganman desam yolg‘on bo‘ladi, eshitganmanu etiborsizlik qilganman. Yaqinda aqiqa xaqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldim va o‘g‘illarimga aqiqa qilmoqchiman. Ayrim manba’larda o‘g‘il bolaga ikkita, ayrimlarida bitta deyilgan. Savolim shuki aqiqa qilishga kechikmadimmi va ikkala o‘g‘lim uchun nechta qo‘y qurbonlik qilsam vojib bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo aqiyqa qilish vojib emas. Qolaversa qurbonlik bilan aqiyqa boshqa-boshqa narsalar. Qurbonlik tashriq kunlari qilinadigan amal. Imkoningizga qarab o‘g‘il bolaga ikkita qiz bolaga bitta qo‘y so‘yishingiz mumkin. Bittadan qo‘y so‘ysangiz ham bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 177 | Bola tarbiyasi