Zakot bergan bulamizmi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qayniopamni xo‘jayini olamdan o‘tgan, o‘zi farrosh bo‘lib ishlaydi. O‘g‘li o‘quvchi, qizi kollejda taxsil oladi, biz qayniopamga bu yilgi zakot pulini bersak zakotni ado etgan bo‘lamizmi? Sharoitini hisobga olganda zakot deb beraylikmi yoki shunchaki yordam deb beraylikmi? Zakot deb bersak xafa bo‘lib qolmaydimikan deb o‘ylayapman. Bu yilgi zakot uchun kechikmadikmi? Zakotni belgilanganidek emas 400000 qilib bersak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ajratishda zakot deb niyat qilib ajratib, berishda nima deb bersangiz ham bo‘ladi. Siz aytgan inson nisob egasi bo‘lmasa joiz. Bor mablag‘ingizni zakot beradiganini 40dan birini zakot deb ajratasiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 14:05 | Savol-javoblar | 133 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar