Marhumni ortidan yomonligini aytish

Assalomu alaykum! Marxumni ortidan qilib o‘tgan yomon amallarini eslab muxokama qilinsa. Marxumga ziyoni bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yomon amallarini eslansa g‘iybat bo‘ladi. Buni g‘iybat qilganlarga zarari bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اذْكُرُوا مَحَاسِنَ مَوْتَاكُمْ وَكُفُّوا عَنْ مَسَاوِيهِمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«O‘lganlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar. Ularning yomonliklaridan tiyiling¬lar», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharif oldin kelgan hadislardagi ma’nolarni ta’kidlash bilan birga, ikki ishni — o‘lganlarning faqat yaxshiliklarini zikr qilish bilan yomonliklarini mutlaqo zikr qilmaslikni jamlab kelmoqda.
Afsuski, musulmonlar ichida ham boshqa milatlardan ta’sirlanib, o‘lganlar haqida yomonliklarni zikr qilish, ularni turli yo‘llar bilan haqoratlash juda keng tarqalgan. Ushbu hadislarga amal qilib, bu noshar’iy ishga barham berish lozim. O‘lgan musulmonlarning faqat yaxshiliklarini zikr qilib, ba’zi bir kamchiliklari bo‘lsa, ular haqida gapirishdan tiyilish lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 190 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar