Nikoh to‘yi haqida

Assalomu alaykum! O‘g‘limni muslima qiz bilan tanishtirib, kelasi yilda to‘yini qilmoqchi bo‘ldim. Hozir to‘y qilolmayman, ilojim yo‘q, o‘g‘lim uchun to‘y orzu xavas kerak emas ekan. Odamlar nima deydi, bunday vaziyatda biz ota-onalar nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘y deganda odamlar o‘zlari to‘qib chiqargan narsalarni tasavvur qilishadi. To‘y o‘sha xursandchilikka bir necha yaqinlarini chaqirib bildirib qo‘yishdan iborat xolos. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sofiya onamizga uylanganlarida quyidagicha to‘y qilib berganlar. To‘ylarning eng barakotlisi shu bo‘ladi. فَأَعْتَقَهَا النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَتَزَوَّجَهَا. فَقَالَ لَهُ ثَابِتٌ: يَا أَبَا حَمْزَةَ، مَا أَصْدَقَهَا؟ قَالَ: نَفْسَهَا، أَعْتَقَهَا وَتَزَوَّجَهَا، حَتَّى إِذَا كَانَ بِالطَّرِيقِ جَهَّزَتْهَا لَهُ أُمُّ سُلَيْمٍ فَأَهْدَتْهَا لَهُ مِنَ اللَّيْلِ، فَأَصْبَحَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَرُوسًا فَقَالَ: «مَنْ كَانَ عِنْدَهُ شَيْءٌ فَلْيَجِئْ بِهِ». وَبَسَطَ نِطَعًا، فَجَعَلَ الرَّجُلُ يَجِيءُ بِالتَّمْرِ، وَجَعَلَ الرَّجُلُ يَجِيءُ بِالسَّمْنِ - قَالَ وَأَحْسِبُهُ قَدْ ذَكَرَ السَّوِيقَ - قَالَ: فَحَاسُوا حَيْسًا، فَكَانَتْ وَلِيمَةَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ...Sobit unga: «Ey Abu Hamza*, u zot unga nimani mahr qilib berdilar?» dedi. U shunday dedi: «O‘zini. Uni ozod qildilar va unga uylandilar. U zot yo‘ldaliklarida Ummu Sulaym uning sep-sidirg‘alarini tayyorlab, kechki payt u zotning huzurlariga kiritdi. Shunday qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallam kuyov bo‘lib tong ottirdilar.
Keyin u zot: «Kimda biror narsa bo‘lsa, olib kelsin!» dedilar va teri to‘shama to‘shadilar. Birov xurmo, yana birov yog‘ olib kela boshladi. – (Abdulaziz) «Menimcha, tolqonni ham aytdi», deydi – Keyin aralashtirib, hays* tayyorlashdi. Mana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning valiymalari* bo‘ldi». * Hays – qurigan xurmo, yog‘ va tolqon aralashmasidan tayyorlanadigan taom.* Valiyma – nikoh munosabati bilan uyushtirilgan ziyofat, to‘y. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar