Naqshbandiya tariqati haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Yaqinda Samarqandga bordim. U erda bir naqshbandiya ta’limoti ustozi bor ekan. U kishini pir deyishadi, ustozni pir deyish to‘g‘rimi? Aytishlaricha u kishini ota-bobolari ilmli kishilar bo‘lishgan ekan. 2). Men 1 tun uxladim uyqudan avval esa istihora qilib yo biluvchilar menga haq yo‘lni bildiringlar, (yo alim allimmiy), yo ko‘ruvchilar menga haq yo‘lni ko‘rsatinglar (yo basir absirniy), yo xabar beruvchilar menga haq yo‘lni habar beringlar (yo xabir axbirniy) deb 3 marta aytib uxladim va tush ko‘rdim. Bu aytganlarim Allohdan boshqa narsalardan so‘rash emasmi? 3). To‘g‘ri bo‘lsa biluvchilar, ko‘ruvchilar, xabarchilar kimlar? Ertalab esa Alloh lafzini qalbdan aytish kerakligi haqida 1-saboqni oldim. Keyin boshqa shogirtlari “U(pir)ni murshidlarini holini bilib turadi” deb bilishadi. Bu g‘oyibni bilishga davogarlik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi asli tarjimani noto‘g‘ri qilishibdi. Chunki Aliym, Basiyr, Xobiyrlar Allohning sifatlari. Tarjimasi Ey Aliym zot menga ko‘rsat, ey Basiyr(ko‘ruvchi) Zot menga ko‘rsat, ey Xabar beruvchi Zot menga xabar ber degani.
2). G‘oyibda ham shogirdining holini bilib turadi deyish bu Allohga tenglashtirish bo‘ladi. Bu noto‘g‘ri. Siz to‘xtating. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 175 | Ta’lim va muta’allim