Rivoyat
Assalomu alaykum! Dovud payg‘ambarning o‘ttizta o‘g‘li bo‘libdi. Bir kuni peshin namoziga o damlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqasiga qarasa, o‘ng tomonida o‘n beshta o‘g‘li, chap tamonida o‘n beshta o‘g‘li o‘tiribdi ekan. Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib: O‘zimizam bir jamoa ekanmizku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz. Xudo xoxlasa o‘ttiz o‘g‘lim bor, xaq dinni butin elga uzim etkazaman degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdi. Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishi yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida assalomu aleykum va Raxmatullox deb o‘ng tamonga salom berganda o‘n beshta o‘g‘li jon topshirdi. Chap tamonga salom berganda qolgan o‘n beshta o‘g‘li bandalikni bajo keltirdi. Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radi. Raxmi cheksiz Ollox o‘ttizta o‘g‘lingni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi deb so‘radi. Sening amring ikki bo‘lmaydi. O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin. Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas. Aytganing bo‘lsin. Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman. Mayli shunisigayam shukr deb Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radi. U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (abdasta), elkasiga sochiq osib: O‘g‘lim sen endi bizning uyga kelgan mexmonlarning yoshmi, qariyami xammasining qo‘liga suv quyub turgin. Suvni uch marta uzib uzib quyasan. To‘rtinchi marta agar mexmon so‘rasa quyasan. Ota nega uzib quyishim kerak? Sababi o‘likni yuvushganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasanda o‘g‘lim. Ikkisini farqi bor deydi. Dovud payg‘ambarga kelgan yosh qarining xammasi, suv quyib turgan Sulaymonga yuzga kir bolam, qo‘ling dard ko‘rmasin, katta olim bo‘lgin, podsho bo‘lgin, umring uzoq rizqing butin bo‘lsin deb raxmatlar aytardi. Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi. U paytda bolasi to‘qqizga to‘lgach uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi. Lekin Olloxning bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman degani Dovudning esida edi. Bir kuni Dovud payg‘ambar saxarda Olloxni zikr qilib o‘tirib, Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa bolani unashtirish lozimligini aytdi. Shunda Xaq Taolo mening ismlarimdan biri Xalqdur. Minglab odamlar sening bolangga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman. Sulaymon uzoq umr ko‘radi U barcha erdagi maxluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi balqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga xukmronlik qiladi deb javob berdi. Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin deb Xudoyi marosimlarida, to‘ylarda ularga suv quydirib qo‘yadigan urf odat paydo bo‘libdi. Shuning uchun azizlar bu urf odatlarimizni davom ettiraylik. Kranda suv oqib turibdi yuvishaveradi yoki ana umivalnik turibdiku abdastani nima keragi bor demaylik. Bu urf odanlarimizning fayzi, barakasi boshqa. Albatta bobolarining qo‘liga suv quyib, duosini olib o‘sadigan bo‘lsa, bolalarimizning umri uzoq va rizqlari butin bulishiga ishonchim komil. Bu hikoya qanchalik rost yoki yolg‘onmi oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan gaplar sahih rivoyatlarda yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan gaplar sahih rivoyatlarda yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar