Uyda o‘qilgan namozni masjidga chiqsa qayta o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, avvalom bor xayit bayramlaringiz bilan tabriklayman. Bugun xayit kuni akam bomdodga chiqmaymiz deb o‘ylab sunnat va farzini uyda o‘qib qo‘yibdilar. Keyin jamoatga chiqdik biz bilan ichkarib kirib o‘tirdilar o‘rtasida edik turib ketish imkoni pasroq edi. Shu vaziyatda farzini yana jamoat bilan o‘qidilar. Men qaysidur kitobda yoki shu saytda o‘qigan edim peshin namozini uyda o‘qib qo‘ygan odam masjidda jamoatga to‘g‘ri kelib qolsa jamoat bilan o‘qidi, uyda o‘qigani naflga o‘tib ketadi deb. Ustozlar shu vaziyatda biz to‘g‘ri yol tutdikmi va kaysi namozlarda uyda o‘qisayu masjidga jamoatga to‘g‘ri kelib kolsa o‘qishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bamdodni ado qilgandan keyin nafl namoz yo‘q. Asrdan keyin to‘rt rak’at  va shomdan keyin ham uch rak’atli nafllar yo‘q. Shuning uchun bu namozlarni yolg‘iz o‘qigan odam jamoatga kirganida jamoat bilan birga qayta o‘qimaydi. Peshin va xuftonda jamoatga kirsa qo‘shilib o‘qishi bilan naflga o‘tadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar