Beverli kompaniyasi
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar din yúlida kilayotgan xizmatlaringiz uchun Allox sizlardan rozi búlsin. xozir beradigan savolim Úzbekistondagi 40 mingdan ziyod musulmonlar uchun muxim. Men bir kompaniya bilan tanishdim. Uning Nomi Beverli. Bu kompaniya 3 yildan beri ishlab kelmokda. Uning faoliyati xakida malumot bersam. Bu kompaniyaning maxsulotlari Yaponiyadan keltiriladi JMP standartga ega.Yani Yaponiyaning Shesedo Karparatsiyasi bilan 49 yil shartnoma tuzgan. Bu kompaniya tarmokli marketing orkali emas doimiy istemolchilar tizimi orkali faoliyat kursatadi.Lekin men xam kompaniya xam maxsulot sotmaydi xar bir inson 1 ta pasportga 1 ta maxsulotni internet magazin orkali buyurtma beradi va túґridan túґri Yaponiyadan maxsulot keladi va uni oladi. Beverli esa istemolchilarga maxsulotni ustama kúymagan xolda zavod narxida etkazib berish, kompaniya xamkorlari esa kompaniya va maxsulot xakida malumot berish bilan shuґullanadi. Yani kompaniyadan maxsulotini 400$ ga olaman va unga xamkor búlaman, xoxlovchilar maxsulotni olib biznes kilmasa búladi. Maxsulot 6 oyga múljallangan . 6 oydan súng kayta xarid kilishim kerak. 6 oygacha bu pasportga maxsulot tugasa xam kayta xarid kilish mumkin emas. Maxsulotdan olgan natijamni 2 ta yakin insonlarimga tavsiya kilaman.Ular kelib maxsulotni xarid kilgandan súng xar bir kishi olgan maxsulot pulidan 42$ chikarib uni 6 oyga búlib xar oy 7$ dan daromad beradi. Ular xarid kilib biznes kilaman desa xamkor búladi va men ularga 3 kundan 10 kungacha kompaniya, maxsulot, biznes túґrisida dars útaman.Keyinchalik xam ularni ishini doimo nazorat kilaman, trening útaman, savol javoblar kilaman. Ular xam maxsulotni olib úzlarini 2 ta yakinlariga tavsiya kiladi va ular xam xarid kilib biznes kilaman desa xamkor búladi. U insonlarga ularga tavsiya kilgan insonlar ( yani men orkali kelgan 2 ta inson ) kompaniya, maxsulot, biznes túґrisida dars útishadi. Keyinchalik xam ularni doimiy nazorat kilishadi,savol javob kilishadi . Men esa ularni barchasini yiґib trening útaman, ishlarini nazorat kilaman, ular olib kelgan insonlarga dars útayotganlarini tekshirib, nazorat kilaman. Men orkali xarid kilganlar (ular orkali xarid kilganlardan xam) 6 oy mobaynida yani maxsulot tugaguncha 7$ dan kompaniyadan daromad olib turaman. 6 oydan keyin barchamiz kayta xarid kilamiz va daromad yana davom etaveradi. Men orkali va meni istemolchilarim orkali kelgan istemolchilar soni 2048 taga etganda xar bir istemolchidan 7$ dan daromad berganda( xar bir istemolchidan 42$ ajratib 6 oyga búlib 7$ dan beradi yani keyingi xaridgacha) umumiy 14336$ daromad beradi. Keyingi oyda istemolchilarning 2 tadan yakinlari kelganda istemolchilar soni 4096 taga etadi va kompaniya menga umumiy 28672$ daromad berishi kerak búladi lekin uni bermaydi. Agar bersa bu piramida búlib koladi piramida orkali faoliyat kúrsatish esa 2016 yilda chikkan konunga kúra takiklanadi.Bu erda max out ( yani maksimal beriladigan daromad) mavjud. Yani 15000$ . Endi bundan keyin istemolchilar soni kancha búlsa xam kompaniya menga 15000$ daromad beradi. Tarmokli marketing orkali maxsulot sotish mumkin emasligi túґrisida 2012 yilda konun chikkan shuning uchun kompaniya tarmokli marketing orkali xam maxsulot sotmaydi. Bu oddiygina internet magazin va doimiy istemolchilar tizimi. Shungacha va bundan keyin xam men istemolchilarimni nazorat kilib turaman, ularni yigib treninglar útaman. Ammo mendan keyin kelgan istemolchi xarakatiga karab mendan oldin bu daromadlarni olishi mumkin Savollarim kuyidagicha: 1. Bu kompaniyada faoliyat kúrsatishim joizmi. 2. Men orkali kelgan va meni istemolchilarim orkali kelgan istemolchilarga dars útsam ( kompaniya, maxsulot, biznes túgrisida) yoki treninglar bersam pulimni xalollab olgan búlamanmi. 3. Fakat men orkali kelgan istemolchilarga dars útib, ularni istemolchilarini xaftaning biror kunida yigib trening bersam, ularni xar kuni nazorat kilsam pulimni xalollab olgan búlamanmi. 4. Agar shunday faoliyat kúrsatishim joiz búlsayu men shunday kilsam barcha istemolchilarimga shunday ishlashni kat’iy úrgatsam ammo kaysidur istemolchim bilib turib shunday kilmasa uni gunoxiga sherik búlib kolmaymanmi. 5. Fakat úzim olib kelgan istemolchilar xisobidan beradigan daromadni olsam búladimi 6. Kanday kilib xalol yúl bilan faoliyat kúrsatsam búladi alaykum! 7. Istemolchilarim soni 16 taga etganda men kompaniya maxsulotlarini tekin istemolchisiga aylanar ekanman. Karindoshlarim maxsulotga muxtoj( chunki natijalarni kúrdim 220 xildan ortik kasallikda foyda beribdi, meni yakinlarim xam shu kasalliklardan ancha yildan beri aziyat chekishadi) fakat yakinlarimni yigib 16 taga etganda ishlamasdan maxsulotni tekinga olib yursam búladimi( agar ishlashim joiz búlmasa)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Butun dunyo ulamolari bu kabi tarmoqli marketing usulida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning ishini nojoiz deb fatvo berganlar. Albatta har bir davrda ummat ulamolariga qarshi chiqib fatvo beruvchilar topiladi. Biz u kabi firmalarning davosi qanchalik foydali, maqsadi nima juda yaxshi bilamiz. Barchasi xalqning ko‘zini o‘yib olishdan boshqa narsa emas. Unga targ‘ib qiluvchilarning maqsadi ham oson pul topishdan boshqa narsa emas. Foydani deb bemorlarni shilmang. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Butun dunyo ulamolari bu kabi tarmoqli marketing usulida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning ishini nojoiz deb fatvo berganlar. Albatta har bir davrda ummat ulamolariga qarshi chiqib fatvo beruvchilar topiladi. Biz u kabi firmalarning davosi qanchalik foydali, maqsadi nima juda yaxshi bilamiz. Barchasi xalqning ko‘zini o‘yib olishdan boshqa narsa emas. Unga targ‘ib qiluvchilarning maqsadi ham oson pul topishdan boshqa narsa emas. Foydani deb bemorlarni shilmang. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom