Bilmasdan lo‘liga uylanish ( turmushga chiqish)

Assalomu alaykum! Xozirgi vaqtda lo‘lilar pasportiga millati o‘zbek yoki tojik deb yozib berilganini ko‘ryabmiz. Buni bilmagan odamlar lo‘li bilan turmush qursa hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muslima bo‘lsa nikoh bog‘lanadi. Biz ulardan boshqa millatda topilmaydigan sadoqat, rostgo‘ylik va mehnatkashlik bilan tanilgan juda ko‘plarini bilamiz. Ba’zi birlariga qarab umumiy hukm chiqarish noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar