Islomiy ilovalar uchun kerakli suratlar

Assalamu alaykum! Men admin bilan bog‘langanimda ular menga "Siz dasturlaringiz uchun rasmni googledan ruxsatsiz, tekinga yuklab olasiz. Bu esa brovni narsasini beso‘roq ishlatishdir. Ular qiyomat kuni sizning savobingizni tortib olishi mumkin" degan ma’noda gap aytgan edilar. Men haqiqatdan goolega "game button" deb yozdim. Rasmlar bo‘limiga kirib bir rasimni ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosdim. U erda "Saxranit kartinku kak.." degan yozuv chiqdi. Bu bepul yuklab olish yo‘li ekan. So‘ng rasmning ustiga sichqonchanng chap tugmasi bilan bosgan edim, bir saytga kirdi. Bu rasmni 9 dollar deb baholashgan ekan. Men "Demak google ga biror bir rasm pulli qilib joylangan bo‘lsa, rasmlar bo‘limidan bepulga yuklab olish mumkin ekan. Ustozning (adminning) gaplari to‘g‘ri ekanda" deb o‘yladim. Men o‘zim bu kabi suratlarni mukammal darajada chiza olmayman. Chizsam ham mukammal dastur uchun mening chizgan rasmim to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli bepul suratlar qidira boshladim va topdim. Bir rasmning ustiga bossam uning saytiga kirdi. O‘sha saytda, ushbu rasmni tagiga "Free download(bepul yuklab olish)" deb yozib qo‘yishibdi. Men uni bosgan edim bepul yuklab olindi. O‘sha bepul rasmlarni yuklab olib, dasturimga joylasam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan bepul bo‘lsa zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 206 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar