Bemor odam tayammum qilib nomoz o‘qisa bo‘ladimi?
Assalomu alikum! Men besh vaqt namozni ko‘p bo‘lmadi boshlaganimga. Eshitishm bo‘yicha bemor odam tayammum qilib nomoz o‘qisa bo‘ladi deb eshtdim. Menda bitta oyog‘imda artrit kasalligi bor. Men tayammum qilib namoz o‘qisam tahoratga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yara va chechak kasalligi uchun tayammum qilishning hukmi
Savol: Biror kishining qo‘li yo oyoqlarida qo‘tir yo chipqon bo‘lsa va suv zararli bo‘lsa, u kishi tahorat yo g‘usul o‘rniga tayammum qila oladimi?
Javob: Agar tahorat a’zolari (yuz, ikki qo‘l, ikki oyoq)dan aksariyatiga yara toshib ketgan bo‘lsa, tayammum qilishga ruxsat berilgan. Aks holda sog‘lom a’zolarini yuvib, yaralariga mash tortadi. G‘usulda ham ushbu hukm mavjud. Lekin, g‘usulda a’zolarning adadi o‘rniga badanning o‘lchoviga e’tibor qaratiladi. Agar badanining yarimidan ziyodasi yara bo‘lsa, tayammum qiladi. Agar badanining yarmi yo kamroq qismi yara bo‘lsa, yara joylarini mash qiladi. Sog‘lom a’zolarni yuvayotganda jarohatlangan a’zolarga suv etish xavfi bo‘lsa yo suv jarohatlangan a’zolarni suvdan saqlashni iloji bo‘lmasa, sog‘lom a’zolar ham shikastlangan a’zolar hukmida bo‘ladi (Ahsanul fatavo. J II. B. 58, Raddul muhtor. J I. B. 237).
Masala: Agar yara yo bint ustiga mash tortish mumkin bo‘lmasa, tayammum qilish durust (Fatavo dorul ulum. J I. B. 246, Raddul muhtor. J I. B. 258).
Masala: Agar ikki qo‘lda chipqon bo‘lsa va unga suv tegishi zararli bo‘lsa, tayammum qilish durust. Agar biror tahorat oldirib qo‘yadigan kishi bo‘lsa, tayammum qilish ixtiloflidir. Rojih va ehtiyotlirog‘i tayammumni joiz emasligi (Ahsanul fatavo. J II. B. 56, Raddul muhtor.J. I. B. 238).
Masala: Butun yuzda husun buzar bo‘lsa va ularda qon, yiring bo‘lsa, suv tekkandan so‘ng husunbuzarlardan qon chiqsa, shu darajada mashaqqat bo‘lsaki, mash qilish ham mumkin bo‘lmasa, bas bunday vaqtda tayammum qilishga ruxsat beriladi (Op ke masail. J. III. B. 65, Tafsilu mazohiru haqq. J. I. B. 275).
Masala: Bir kishini badaning yarmidan ko‘p qismi yara yo chechak bo‘lsa, yuvinish vojib bo‘lmaydi. Bunday vaqtlarda tayammum qilinadi (Behishti zivar. J. I. B. 67, Muniya. B. 22).
Masala: Badanning ba’zi-ba’zi qismiga yara toshgan yo chechak chiqqan bo‘lsa, tayammum qilish joizdir. Tananing ba’zi-ba’zi joyiga yara toshmay, balki yarmidan ko‘prog‘iga yara chiqsa, g‘usul o‘rniga tayammum qilinadi. Sog‘lom a’zolarni yuvish shart emas. Agar to‘rt a’zodan faqat bittasi sog‘lom bo‘lsa, tahorat o‘rniga tayammum qilish joiz. Sog‘lom a’zoni yuvishga zarurat yo‘q. Masalan, yuzi sog‘lom, lekin qo‘li, oyog‘i va boshida yara bor bo‘lsa, tahorat o‘rniga tayammum qiladi. Yuzini yuvish zarur emas. Shuningdek, qo‘l, oyoq va yuzda yara bo‘lsa, lekin boshi sog‘lom bo‘lsa, tayammum qilish joiz. Bu o‘rinda ham boshga na mash tortadi, na yuvadi.
Qoida: Tahorat a’zolarida adad e’tibordir. Shu bois bir yo ikki a’zo jarohatlansa, tahorat olish lozim. Bu holda sog‘lom a’zolar yuvilib, shikastlangan joylarga mash tortiladi. Agar uch a’zo jarohatlangan bo‘lsa, tahorat undan soqit bo‘ladi va tahorat o‘rniga tayammum qiladi. Shu bilan bir qatorda sog‘lom a’zoni ham yuvmaydi. G‘usulda a’zolar soniga emas, aksincha o‘lchovga e’tibor qaratiladi. Agar tanani yarmidan ko‘pini yuvish zararli bo‘lsa, tayammum joiz. Aksincha bo‘lsa, ya’ni tanani aksariyati sog‘lom bo‘lib, qolgan qismi jarohatlangan bo‘lsa, sog‘lom joylarini yuvib, jarohatlangan joylariga mash tortadi. Demak, g‘usulda a’zolar soniga e’tibor berilmaydi.
Qarang! Sinasidan oyog‘igacha yara bo‘lsa, tayammum qilish joiz. Vaholangki, bu o‘rinda sog‘lom a’zolar (qo‘l, burun, bosh, quloq va boshqalar) aksariyatni tashkil qiladi. Ikki qo‘lni suvga solish va ular yordamida boshqa a’zolarni yuvish qat’iyan mumkin bo‘lmasa, bunday holatda tayammum qilinadi. Albatta bu o‘rinda boshqa kishidan tahorat qildirib qo‘yish uchun yordam olish yaxshiroq. Tananing sog‘lom qismini yuvish, jarohatlangan joylarga zarar etkazsa, bas tayammum qilish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 180 | Administrator