Savob va gunoh haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, zino qilish kechirilmas gunoh ekanligini yaxshi bilaman. Lekin ba’zi erkaklar erga muhtoj ayollar, eri uzoq safarda yoki nasfini qondirmoqchi bo‘lgan ba’zi ayollar bilan yaqinlik qilsa savob bo‘ladi deyishadi. Bu qanchalar gunoh yoki qanchalar savob ekanligini tushuntirib o‘tinglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom ishni halol deyish kufr hisoblanadi. O‘sha siz yozgan gaplarni aytuvchilar halol deyish u yoqda tursin, savob deydi, fahrlanadi. Ular o‘zlarining ayoli bilan o‘rtasidagi nikohini uzilib, bu gaplaridan keyin o‘zini ayoli bilan ham zino qilayotganini bilishmaydi. Alloh taolo “Nur” surasidagi oyatni bekorga nozil qilmagan.  وَأَنكِحُوا الْأَيَامَى مِنكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ إِن يَكُونُوا فُقَرَاء يُغْنِهِمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ۝ 32. Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:56 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar