Shirk so‘zlar
Assalomu alaykum! Men bir birodarimga ibrat ma’nosida kofirlar tomonidan aytilgan ba’zi kufr-shirk so‘zlarni aytib qo‘ydim. Ya’ni «falon kofir falondaqa gaplarni gapirgan va oqibatda falondaqa fojeaga uchrab halok bo‘lgan» degan ma’noda aytgan edim va ular aytgan kufr-shirk so‘zlarni ham tilimga olgandim. Albatta «Falonchi shunaqa dedi deb» ularning nomidan aytgandim. Buni aytishdan maqsad Allohning farzlari bilan o‘ynashgan kishilarni oqibatini tushuntirish edi. Endi ko‘nglim zimiston bo‘lib siqilib ketdim. Murtad bo‘lib qolmadimmikin deb. Yuragimga hech narsa sig‘mayabdi. Men shirk keltirdimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kufrni naql qilish boshqa, kufr so‘zni izhor qilish boshqa. Siz naql qilgan hisoblanasiz. Bu kufr sanalmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 155 | Aqiyda