Masjidda xush kelibsiz deyish

Assalomu alaykum! Bir masala yuzasidan shariat ko‘rsatmasini bilmoqchi edik. Bir kuni bomdod namozidan keyin muazzin jamoatga "xush kelibsizlar" dedi. Shunda jamoat ichidan boshqa kishi bu gapni aytmang bu gap noto‘g‘ri biz sizni uyingizga kelganimiz yo‘q bu Allohni uyi deb ancha gapirdi. Shundan keyin qavmni ichida shu ish shariat nuqtai nazaridan qanday bo‘lsa ekan degan savollar paydo bo‘ldi. Va mendan siz ustozlardan so‘rab berishimni iltimos qilishdi. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda masjidlarda imom domlalar namoz tugagach salom berib jamoatni kuzatib yoki siz aytgandek xush kelibsiz deb kuzatib qo‘yishni odat qilib olishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday qilmaganlar, ulardan keyingilarning ham birortasi bunday qilishmagan. Har kim dinga o‘zi yoqtirgan va to‘g‘ri deb bilgan narsani qo‘shaversa dinni asli yo‘qolib, odamlar “falonchi domla buva bunday qilardi, pistonchi eshon buva unday qilardi” deb ularni qilgan ishlari dinga aylanib qoladi. Natijada odamlar hozirgi kundagi “mushkul kushod”, “Bibi seshanba” kabi turli bid’atlar din deb tushunib qolishadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:41 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar