Egilmasdan kelin salom qilish

Assalomu alaykum! Yaqinda turmush quraman, bizda ham kelin salom marosimlari bo‘ladi. Man bilan bo‘lajak turmush o‘rtog‘im buni mumkin emasligini bilamiz, lekin ertaga kelin bo‘lganimdan so‘ng, qaynonam bilan mehmondorchilikka borganimizda salom qilmasam va bu noto‘g‘riligini aytsam “yangi kelin aqlli ekanmi” deb piching gaplar qilishi mumkin. Shunga nima qilsam bo‘ladi? Oddiy, ruku bo‘lmagan holatda salom bersam gunohkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruku’ darajasiga etkazmasdan bemalol qancha bo‘lsa salom beravering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar