Boshqalar aybidan ehson qilish

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda, yo‘l qoidalarini buzgan xaydovchini, GAI xodimlariga yuborib, qoida buzgan xaydovchi jarima to‘laydi va u jarimadan 5% summani qoida buzganni xaqida yuvorgan insonga beriladi. Lekin u pularni faqat telefon raqamiga yoki xayriya jamiyatlariga yuborsa bo‘ladi. Savolim shuki, xayriya jamiyatiga tushgan ushbu pullar halolmi? Man xam qoida buzuvchilarni, qoida buzganliklar xaqida videoni yuvorib, pullarni xayriya jamiyatiga o‘tkazsam shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Inson xatodan xoli emas. Siz kimnidir aybini berkitsangiz Alloh sizni ham aybingizni berkitadi. Undan ko‘ra boshqa biror kasb qiling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar