Sudxo‘rlikdan kelgan pulni nima qilish kerak?
Assalomu alaykum! Bundan bir necha yillar avval ota onam tanishlariga 10.000 dollar pul berib oyiga 200 dollardan olib turishgan. Bu xolat 4 yil davom etgan, hozirgi kunda sudxo‘rlik bo‘lmasligi uchun o‘sha 4 yillik pullarni qaytarishim kerakmi? Agar qaytarmoqchi bo‘lsam pul berib yurgan odam xolis berganman foydalanganman sizlarni pulingizdan rozi bo‘lib berganman deb turib olsa pullarni olmasa nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday pulning hukmi savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilish. Qiyomat kuni bo‘lganida bir insonni olib kelinadi. U hayotida yaxshilikning birorta ham yo‘lini qoldirmay hammasiga sarflagan bo‘ladi. Masjid qurgan, faqir-miskinlarni taomlantirgan, kitoblar tarqatgan, iftorliklar qilib bergan va hokazolar. Shunda unga Alloh taolo tarafidan do‘zaxga tashlansin degan hukm chiqariladi. Farishtalar xayron bo‘lib, shuncha yaxshiligi zoe bo‘ladimi? – deyishganida, “Uning topganini asli haromdan edi, sarflaganlari ham o‘shaning foydasidan bo‘lgan edi. Allohning huzurida faqat pokiza nafaqalar qabul bo‘ladi” deyiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:52 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat