Tahoratdan oldin mustahab qilish shartmasmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men tahorat qilayotganimda har doim mustahab qilar edim. Bir masalada eshitib qoldim: har doim ham mustaxab qilish shart emas ekan. Qo‘lni chig‘anoq bilan qo‘shib yuvish, oyoqni yuvish, quloq ichi va ustini yuvish va mash tortish oyoqlarni yuvish kifoya ekan. Najosat tekkan joyini kesak bilan tozalash ha kifoya qilar ekan. Shu to‘g‘rimi? Ya’ni har tahoratda mustaxab shartmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri, shart emas. Ya’ni har uyqudan turganda, el chiqarganda, biror joydan qon yoki yiring chiqib tahorat ketganida avratlarni yuvish shart emas. Tahoratni qo‘l yuvishdan boshlayveradi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 199 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar