Qurbonlik molining savdosi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qurbonlik uchun etti kishi bo‘lib mol olmoqchimiz. Shu molni turishicha savdolab olmay, go‘shtini kilosiga qarab savdolashsak, masalan zabh qilingandan keyin 300kg go‘sht bersa, kilosiga 45000dan beramiz deb savdolashsak, shu to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilib so‘yilgan qurbonlik qayta boshqa hayvon olib so‘yilishi vojib bo‘ladi. Chunki so‘yishdan oldin biror falokat yuz berib hayvon halok bo‘lsa qurbonlik qiluvchilar “hali bizni mulkimizga kirgani yo‘q edi” deb pulini to‘lashmaydi. So‘yilganidan keyin go‘sht achib qolsa ham pulini to‘lashmaydi. Bu degani ular qurbonlik qilayotgan vaqtda o‘zlarini emas birovning hayvonini qurbonlik qilishayotgan bo‘lishadi. Bu esa joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:52 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar