Mayyitni er qabul qilmasligi

Assalomu alaykum! Mayyitni er qabul qilmaganligi to‘g‘risida hikoya va videolar uchratib turibman. Bu haqida biror bir hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَجُلٌ نَصْرَانِيًّا فَأَسْلَمَ، وَقَرَأَ الْبَقَرَةَ وَآلَ عِمْرَانَ، فَكَانَ يَكْتُبُ لِلنَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَعَادَ نَصْرَانِيًّا، فَكَانَ يَقُولُ: مَا يَدْرِي مُحَمَّدٌ إِلَّا مَا كَتَبْتُ لَهُ، فَأَمَاتَهُ اللهُ فَدَفَنُوهُ، فَأَصْبَحَ وَقَدْ لَفَظَتْهُ الْأَرْضُ، فَقَالُوا: هَذَا فِعْلُ مُحَمَّدٍ وَأَصْحَابِهِ، لَمَّا هَرَبَ مِنْهُمْ نَبَشُوا عَنْ صَاحِبِنَا، فَأَلْقُوهُ فَحَفَرُوا لَهُ فَأَعْمَقُوا، فَأَصْبَحَ وَقَدْ لَفَظَتْهُ الْأَرْضُ، فَقَالُوا: هَذَا فِعْلُ مُحَمَّدٍ وَأَصْحَابِهِ، نَبَشُوا عَنْ صَاحِبِنَا لَمَّا هَرَبَ مِنْهُمْ، فَأَلْقَوْهُ فَحَفَرُوا لَهُ، وَأَعْمَقُوا لَهُ فِي الْأَرْضِ مَا اسْتَطَاعُوا، فَأَصْبَحَ قَدْ لَفَظَتْهُ الْأَرْضُ، فَعَلِمُوا أَنَّهُ لَيْسَ مِنَ النَّاسِ فَأَلْقَوْهُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi nasroniy edi, musulmon bo‘ldi va Baqara hamda Oli Imron suralarini o‘qidi. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kotiblik qilib yurar edi. Keyin yana qaytib nasroniy bo‘ldi. U: «Muhammad men yozib bergan narsalardan boshqani bilmaydi», der edi. Alloh uni o‘ldirdi. Uni dafn qilishdi. Tong otgan edi, er uni chiqarib tashlabdi. Shunda ular (nasroniylar): «Bu Muhammad va uning sahobalarining ishi, sohibimiz ulardan qochgach, go‘rini ochib, uni chiqarib tashlashibdi», deyishdi. Keyin uning uchun (qabr) kavlashdi va uni chuqurroq qilishdi. Tong otgan edi, er uni chiqarib tashlabdi. Ular: «Bu Muhammad va uning sahobalarining ishi, sohibimiz ulardan qochgach, go‘rini ochib, uni chiqarib tashlashibdi», deyishdi. Keyin uning uchun (qabr) kavlashdi va erni qo‘ldan kelganicha yana ham chuqurroq qilishdi. Tong otgan edi, er uni yana chiqarib tashlabdi. Bilishdiki, bu odamlarning ishi emas. So‘ng uni tashlab ketishdi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar