Nikoh buzilmadimi

Assalomu alaykum! Ayolim bir gunoh ish qilib qo‘ygani uchun, unga “endi xotinim emassan” ( bir marotaba aytdim) deb yubordim. Shu holatda nikoh buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz aytgan ibora taloqning kinoya navidan bo‘lib, uni taloq niyat bilan aytgan bo‘lsangiz, boin taloq tushgan. Avval boshqa taloq qilinmagan bo‘lsa mahr berib, nikohlatib olasiz. Idda shartmas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:10 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar