Bilishim zarur bo‘lgan savollar

Assalomu alaykum! Bilamizki 1X Bet internet o‘yini bor. U o‘yinda futbol jamoalariga pul tikiladi. Yutsayiz puliz ikki barovar bo‘lib qaytadi. Man hozir shunga qiziqayapman. Agar men ham o‘ynasam gunohkor bo‘lmaymanmi? Hozir noilojman. Pulga muhtojman. Repititorga borib o‘qishga kirish uchun tayyorlanishim kerak. Ishlay desam o‘qishim qolib ketadi. Ishlamay desam o‘qishga tayyorlana olmayman, majburman. Ota-onam pensioner, oilada yolg‘iz o‘g‘ilman. Yoshim 16da, majburman. Manga roppa rosa 5 million so‘m kerak. Yaqin qarindoshlarim berishmaydi baribir. Shu holatda 5 million ishlab olguncha shu o‘yinni o‘ynab pul ishlasam bo‘ladimi? O‘qishga kirib ota onamni boqishim kerak. Shu ishlardan keyin tavba qilib nochorlarga o‘sha puldan ortib qolsa xayr ehson qilaychi? Bo‘lasmikan? 2). Bilamizki tushda ehtilom bo‘lib qolish yoki shahvat qo‘ziganda maniy chiqadi. Shu maniy ich kiyimga baribir tegadi. Manda ham shu ahvol ko‘p bo‘ladi. Ich kiyimimni yuvsam oq dog‘i umuman ketmayapti. Tez tez almashtirib turibman. Ich kiyimda baribir maniyni dog‘i qolsa, o‘sha kiyim bilan namoz o‘qib Qur’on o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Unga pul tikish ochiq-oydin haromdir. Haromni savob umidida ehson qilish Alloh taologa o‘shancha najosatni taqdim qilish bilan bir xil bo‘ladi. Otangizga bir idishga bavl qilib buni iching deb berdingiz nimayu, haromdan topib ehson qildingiz nima? Bu ikkisini ham hech qanday farqi yo‘q.
2). Siz internetda uzoqlashib ko‘proq kitob o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar