Vafot etgan odamni qarindoshlari tuxum eyishi mumkinmasmi?

Assalomu alaykum! Buvim 1 xafta oldin vafot etdalar, Alloh rahmatiga olsin. Buvim dadamni onalari edilar. Vafot etgan odamni avlodlari to 40 kun bo‘lmaguncha tuxum eb bo‘lmas ekan. Ammalarim 40 kungacha tuxum emay turinglar deyishdi. Dinimizda shu kabi gaplar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma narsada yahudiy, nasoro va butparastlarga taqlid qilaverib oxiri diniy ishlarda ham ularga taqlid qilish boshlandi. Achinarlisi o‘sha ishlarni savob, qilmasa bo‘lmaydi deyish boshlandi. 3, 7, 20, 40 kabi marosimlar butparastlardan kirib kelgan. Arvohlarga atab chiroq yoqishlar ham. Siz aytgan ishlar ham o‘shalar kabi boshqa dindan kirib kelgan ishlardan. Uni ham tark qilish zarur. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar