Navro‘z ismi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Yaqinda sayitingiz orqali Navro‘z bayrami Islomda nishonlanmasligini bilib qoldim. Mening ismim Navro‘z. Ismimni o‘zgartirishim kerakmi? Bunga shariatning hukmi qanday? Savolda xato bo‘lsa uzr so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Navro‘z” yangi kun ma’nosini bildiradi. Bu ma’nodagi ismni o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik o‘zingizga havola. Shariatga hech qanday daxldorligi yo‘q. Vallohu a’lam.

27 Aprel 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar