Limfostaz dardim bor qazolarimni o‘qish
Assalomu alaykum! Alhamdulillah ibodatga o‘tganimga ko‘p bo‘lmadi. 14 yillik qazo nomozarim bor. Oyog‘imga 2-limfostaz (fil oyoq) tashxisi qo‘yilgan. Bitta oyog‘im shishib 2 xil bo‘lib qolgan. Ko‘p tursam oyog‘im og‘rib charchab qilaman. Ustoz qazo nomozlarim 1 kunligi 20 rakatdan to‘g‘ri kelar ekan. Qazo nomozlarimni o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi. Alloh bilguvchi yashirmayman uy ro‘zg‘or yana 2 ta maktabda ishlayman qazo nomoziga kelganda ancha charchab og‘rinib qolyabman. Malol kelmasdan o‘qish uchun o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi yoki gunoxkor bo‘lib qolamanmi. 2- savolim: Ustoz oyog‘imni dardini shifosi yo‘q deb eshitdim. Borgan sari oyoq kattalashib borar ekan. Qanday duolar yoki amallar qilishimni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qazo namozlarini birdaniga o‘qimang. Har namozdan keyin o‘sha namozning qazosini farzini qo‘shib qo‘ysangiz engil bo‘ladi. Siz quyidagi duoni o‘qib oyog‘ingizga dam uravering. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ بَعْضَ أَهْلِهِ يَمْسَحُ بِيَدِهِ الْيُمْنَى وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ اذْهِبِ الْبأْسَ واشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ahllaridan ba’zilarga panoh tilaganlarida o‘ng qo‘llari ila silab:
«Allohumma! Robban-naasi! Izhibil ba’sa. Ishfi. Antash-shaafii. Laa shifa’a illaa shifaauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», der edilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Har bir dam soluvchining bemorni o‘ng qo‘li bilan silab turib dam solishi shundan olingan. To‘g‘rirog‘i, duoni o‘qib, o‘ng kaftga dam solib, so‘ng o‘sha o‘ng kaft bilan bemorni silash kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha:
«Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 131 | Boshqa ibodatlar