Qur’ondan chiqayotgan kiprik
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar eshitgan bo‘lsangiz kerak yaqinda bir mish-mish tarqaldi. Menimcha bu mish-mish musulmonlarga qilingan fitna bo‘lsa kerak. Nima emish bir ayolni tushiga payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam kirib unga: men butun ummatimning Qur’oniga kiprigimni solib qo‘ydimu. Uni qaynatib ichsangiz xitoydan tarqalgan virus yuqmaydi – deganmish. Axir bu o‘ta ketgan pastkashlik, men chidab tura olmayapman. Bu ahir payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga qilinggan katta bo‘xtonku. Meni atrofimdagilarni ko‘pchiligi bu fitnaga aldanib qolishyapti. Aslida bunga juda ko‘p musulmonlar ishonyaptilar. Men ilmli sanagan aksariyat musulmonlar ham bu ishonganlari to‘g‘risi meni jahlimni chiqaryapti. Bilmiman insonlar shunchalik ongsiz bo‘lib ketyaptilarmi? Ular xuddi ongsizlarcha Qur’oniga tushib qolgan kiprikni qaynatib ichishmoqda. Men bu holatda atrofimdagilarni bundan ancha ogohlantirdim. Bunday bo‘lmasligini, bu musulmonlarga qilinggan fitna ekanini qancha uqtirsam ham ba’zilariga kor qildi bazilari esa o‘zlarini aqlli sanab bu ishni qilishyapti. Ustozlar iltimos shunga oydinlik kiritib beringlar, insonlar bunga ishonib katta gunoh qilib qo‘yishmayaptimi? Bu savolni kanalingizga joylashingizni iltimos qilardim. Chunki sizlarni kanalingizga kuzatib boradiganlarni 10tadan hech bo‘lmasa bittasi bunga rostmona ishonyapti. Buni guvohi bo‘ldim. Alhamdulillah yaxshiyam yo‘ldan ozganlarni qaytarishga sababchi bo‘luvchi siz aziz ustozlarimiz bor!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon ular(o‘sha ishonganlar)chalik go‘l, kaltafahim bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon ular(o‘sha ishonganlar)chalik go‘l, kaltafahim bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar