Ismimni o‘zgartrmoqchiman
Assalomu alaykum! Mening ismim Furqat. Yoshligimda yani maktab davrimda Odobnoma darsida ismlar manosi xaqida dars o‘tganimizda ustozimiz xar bir o‘quvchilarni ismi xaqida uni manosi xaqida bizga malumotlar bergandilar. Usha paytta menga seni isming aslida ismga kirmaydi. Bu Furqat ismli shoirning taxallusi bo‘lgan keyin keyinchaliy xalq orasida ismga aylanib ketgan degandi. Va bu ismning manosi o‘z vatanidan yiroqda degani deb aytgandilar. Sizga savolim shundan iboratki eshtishimcha inson vafot etganda qabrda va qiyomatda xar bir bandani ismi bilan chaqirilar ekan. Shuning uchun farzandga to‘g‘ri ism qo‘yish xam ota-onani burchi ekan. Meni ismimni o‘zgartirishim kerakmi? Va agar o‘zgartiradigan bo‘lsam buni shar’iy yo‘li qanday bo‘ladi. Iltimos shu xaqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domla to‘g‘ri aytibdi. O‘zgartirishingiz juda ham zarur emas. Mabodo o‘zgartirsangiz, Yaqinlaringizga “men ismimni falon ismga o‘zgartirdim” deysiz bo‘ldi. Azon takbir aytishga yoki ziyofat qilib berishga hojat yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ismi shariatga muvofiq bo‘lmagan kishilarning ismini “Seni isming falon” deb o‘zgartirardilar. Bundan boshqa hech narsa qilmasdilar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar